Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 2026-yil 5-noyabr
Sotdim’ni kim yuritadi
Sotdim (app.sotdim.uz) ilovasini Maksetov Muxammeddiyar yuritadi, Nukus, O‘zbekiston.
Ma’lumotlaringiz bo‘yicha savollar: Telegram @sotdimuzadmin yoki +998 20 012 99 98.
Nimani saqlaymiz
Hisobingiz: email manzil yoki telefon raqam, ismingiz (agar o‘zingiz yozsangiz), parol va PIN-kod (shifrlangan holda, ularni hech kim o‘qiy olmaydi), barmoq izi / Face ID yoqilgan bo‘lsa telefoningizning ochiq kaliti (barmoq izingiz yoki yuzingiz emas: ularni faqat telefoningiz tekshiradi), ro‘yxatdan o‘tgan va oxirgi kirgan vaqtingiz, shu siyosatga rozi bo‘lgan vaqtingiz.
Do‘koningiz: nomi, sozlamalar, mahsulotlar (turi bilan), narx, tannarx, qoldiq, sotuvlar, xarajatlar va qarzlar.
Pro: qachondan qachongacha yoqilgani, kim yoqqani va admin yozgan izoh (masalan, to‘lov usuli).
Qarzga sotganda o‘zingiz yozgan mijoz ma’lumotlari: ismi va (xohlasangiz) telefoni.
Bir nechta harakat, har biri kuniga ko‘pi bilan bir marta: yorliqlarni ochish, “Skanerlab sotish”ni ochish, qarzlarni ochish. Qaysi imkoniyatlar foydali ekanini bilish uchun.
Joylashuvingiz, qurilmangiz va qaysi sahifalarni ochganingiz saqlanmaydi.
Nima uchun
Ilovani siz uchun ishlatish (qoldiq, sotuv va foydani hisoblash), tizimga kirish va parolni tiklash, qo‘llab-quvvatlashga yozganingizda yordam berish, Sotdim’ni yaxshilash uchun qaysi imkoniyatlar ishlatilishini ko‘rish.
Ma’lumotlaringizni sotmaymiz, reklama ko‘rsatmaymiz va quyidagi xizmatlardan boshqa hech kimga bermaymiz.
Kim ko‘ra oladi
Siz.
Sotdim admini: emailingiz yoki telefon raqamingiz, do‘kon nomi, oxirgi faollik vaqti va sonlar (nechta mahsulot va sotuv, qaysi imkoniyatlardan foydalanasiz), hamda Pro’ingiz: sanalari va to‘lov haqidagi o‘z izohi. Summalar, mahsulot nomlari va mijozlaringizni ko‘rmaydi.
Sotdim’ni ishlatadigan xizmatlar: ilova joylashgan server (hosting) va ma’lumotlar bazasi. Ular ma’lumotlaringizni faqat Sotdim ishlashi uchun saqlaydi. Harflar shakli (shrift) tashqi xizmatdan yuklanadi. Kirish va ro‘yxatdan o‘tishda tashqi xavfsizlik xizmati so‘rovni robot emas, odam yuborganini tekshiradi (u brauzeringizning texnik ma’lumotlarini ko‘radi, do‘koningizni emas). Telefon raqam bilan ro‘yxatdan o‘tsangiz yoki parolni tiklasangiz, tasdiqlash kodini Telegramdagi @sotdimuzbot botimiz yuboradi: buning uchun botga ulashgan raqamingizni va Telegram chatingiz raqamini saqlaymiz.
Ma’lumotlaringiz O‘zbekistondan tashqarida, Germaniyada (Frankfurt) saqlanadi.
Qancha vaqt saqlanadi
Harakatlar ro‘yxati: 90 kun. Qolgan hamma narsa: hisobingizni o‘chirguningizcha.
Hisobni o‘chirsangiz, hammasi darhol o‘chiriladi va qayta tiklab bo‘lmaydi.
Sizning huquqlaringiz
Ko‘rish: Sozlamalar → “Ma’lumotlarimni yuklab olish”.
Tuzatish: ilovaning o‘zida o‘zgartiring (do‘kon nomi, mahsulotlar, sotuvni bekor qilish) yoki bizga yozing: Telegram @sotdimuzadmin yoki +998 20 012 99 98.
O‘chirish: Sozlamalar → “Hisobimni o‘chirish”.
Rozilikni qaytarib olish: hisobingizni o‘chiring, shunda ma’lumotlaringiz bilan hech qanday ish qilinmaydi.
Savol yoki shikoyat bo‘lsa: Telegram @sotdimuzadmin yoki +998 20 012 99 98.
Mijozlaringiz ma’lumotlari
Qarzga sotganda mijozning ismi va telefonini o‘zingiz yozasiz. Buning uchun mijozning roziligini olish sizning zimmangizda. Biz ularni faqat siz uchun saqlaymiz va ularni faqat siz ko‘rasiz.
Bolalar
Agar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, bu siyosatga siz uchun ota-onangiz yoki vasiyingiz rozi bo‘lishi kerak.
O‘zgarishlar
Siyosatni o‘zgartirsak, yuqoridagi sanani yangilaymiz va bu haqda ilovada yoki @sotdimuz Telegram kanalida xabar beramiz.